#food #eng mazali ovqat retsepi #самый вкусные рецепты в духовке

2 Просмотры
Издатель
Duxovkada mazali sabzavotli taom
Masalliqlar:
125 ml o'simlik yog'i
4 ta kartoshka
1 ta sabzi
2 ta bulg'or qalampiri
2 dona sarimsoq (chesnok)
2 ta pomidor
2 ta baqlajon
Sous uchun:
Tomat
Tuz
Ziravorlar (ta'bga ko'ra)
Tayyorlanishi:
Barcha sabzavotlarni yuvib, o'rtacha kattalikda to'g'rang.
Alohida idishda yog', tomat, tuz va ziravorlarni aralashtirib sous tayyorlang.
Sabzavotlarni sous bilan yaxshilab aralashtiring.
Duxovka patnisiga solib, ustini zar qog'oz (folga) bilan yoping.
Oldindan 180°C gacha qizdirilgan duxovkada tepa-past rejimida 1 soat 30 daqiqa pishiring.
So'ng zar qog'ozni ochib, yana 30 daqiqa usti chiroyli qizarib pishguncha duxovkada qoldiring.
Yoqimli ishtaha!
Категория
Рецепты в духовке
Комментариев нет.